date

Eldor Shomurodov startda, Fayzullayev jarohat tufayli o'ynamaydi

Eldor Shomurodov startda, Fayzullayev jarohat tufayli o'ynamaydi
O'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov "Istanbul Bashakshehir" jamoasining "Kodjaelispor"ga qarshi o'yinida asosiy tarkibdan joy oldi. Shu bilan birga, yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev jarohati sababli jamoasining navbatdagi o'yinida qatnasha olmaydi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. Turkiya Superligasi doirasidagi navbatdagi tur uchun "Istanbul Bashakshehir" asosiy tarkibini e'lon qildi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov o'yinni birinchi daqiqalardan boshlab maydonga tushadi. Jamoaning bosh murabbiyi Nuri Shohin unga asosiy hujum chizig'ida ishonch bildirdi.

Asosiy tarkibda Muhammad, Onur B., Duarte, Opoku, jamoa sardori O'mer Ali, shuningdek, Berat, Umut, Yusuf, Krespo va Da Koshta kabi futbolchilar ham bor. Yarim himoyachi Fayzullayev esa jarohati sababli mazkur o'yinda ishtirok eta olmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov startda, Fayzullayev jarohat tufayli o'ynamaydi