date

“Landyshi Ikkinchi bahor” Wink’da namoyish etila boshladi: epizodlar mazmuni

“Landyshi Ikkinchi bahor” Wink’da namoyish etila boshladi: epizodlar mazmuni

2026 yil 1 yanvar kuni soat 18:24 da (Toshkent vaqti bilan) Wink platformasida “Landyshi” serialining ikkinchi mavsumi start oldi. Yangi mavsum sevgi, xiyonat va tanlov mavzularini urush manzarasi fonida davom ettirib, qahramonlarni taqdirini o‘zgartiradigan og‘ir sinovlar qarshisida qoldiradi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Ikkinchi mavsum birinchi mavsumdagi ochiq yakundan keyin hikoyani davom ettiradi. Katya “Landyshi” guruhining solistiga aylanadi, biroq jamoa parchalanishi, ichki ziddiyatlar va meros uchun sahna ortidagi kurash bilan yuzma-yuz keladi. Mavsumning asosiy dramatik chizig‘i esa birinchi mavsum voqealaridan keyin taqdiri noma’lum qolgan Lyoxani izlashga borib taqaladi.

Loyihaning davomiy qismi shouranneri sifatida Ilya Shpota ishlagan. Ssenariy ustida esa avvalgidek Vasiliy Pavlov, Rauf Kubaev va Yuriy Sapronov mehnat qilgan. Ikkinchi mavsumda bosh rollar ijrochilari Nika Zdorik va Sergey Gorodnichiy yana ekranlarda ko‘rinadi. Yangi ishtirokchilar orasida reper ST (Aleksandr Stepanov) hamda Dmitriy Bloxin ham bor.

Syujetga ko‘ra, Katya “Landyshi” guruhi bilan gastrol safari uchun Donbassga yo‘l oladi. Yo‘lda Svetka Katega Lyoxani sevishini va aynan uni ko‘rish uchun safarga chiqqanini aytadi. Qizlar o‘rtasida keskinlik kuchaysa-da, keyinchalik yarashishga muvaffaq bo‘ladi.

Harbiylardan biri Katega Lyoxa yaralangani va gospitalda ekanini ma’lum qiladi. Katya darhol uning oldiga borishga qaror qiladi, ammo yo‘lda avtobus o‘qqa tutiladi va u janglar ketayotgan hududda yolg‘iz qolib ketadi.

Katya vayron bo‘lgan cherkov ichidan Lyoxani topadi: uning ikki oyog‘i ham og‘ir jarohatlangan bo‘ladi. Katya turmush o‘rtog‘ini nazorat nuqtalaridan olib chiqishga urinadi, biroq bu harakat muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Lyoxa Svetka bilan munosabati bo‘lganini tan olib, Katega o‘zini tashlab, qutulib ketishni so‘raydi. Katya esa uni tashlab ketishdan bosh tortadi.

Oxir-oqibat ular tashlab ketilgan taksini tuzatib, xavfli hududdan chiqishga urinadi. Biroq yo‘lda dron hujumiga uchraydi. So‘nggi pallada jang maydoniga rossiyalik harbiylar yetib kelib, er-xotinni qutqaradi va ularni xavfsiz joyga evakuatsiya qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Landyshi Ikkinchi bahor” Wink’da namoyish etila boshladi: epizodlar mazmuni