Umidaxon Hojiyeva kichkintoyi bilan yangi yil kayfiyatini ulashdi (video)

Xonanda Umidaxon Hojiyeva o‘zining Instagram sahifasida navbatdagi video postini joyladi. So‘nggi kunlarda trendga aylangan videolardan ilhomlangan san’atkor bu safar ham trenddan chetda qolmadi. Videoda Umidaxon kichkintoyi bilan birgalikda yangi yilni qarshi olish uchun bezatilgan archani ko‘rsatib, iliq va samimiy kayfiyat ulashgan.
Post ostida xonanda muxlislariga ezgu tilaklar bildirib, quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi:
“Azizlarim, 2026 yil barchamiz uchun qutlug‘ va fayzli bo‘lsin. Orzularimiz ushaladigan, shirindan shakar farzandlar ato etadigan, barakali va baxtli yil bo‘lishini tilayman. Barchangizni Yangi yil bilan tabriklayman!”
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing