Toshkentda Yangi yil kechasida Cobalt yonib ketdi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati Yangi yil kechasidagi yong‘inli YTH bo‘yicha ma’lumot berdi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
1 yanvar kuni soat 02:00 atrofida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ikki avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi haqida xabar kelib tushgan. Yashnobod tumanidagi Mahtumquli ko‘chasida Tracker va Cobalt to‘qnashgan, zarba ortidan Cobalt avtomobili alanga ichida qolgan.
Voqea joyiga soat 02:08 da FVV xodimlari yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlarini boshlagan. Olti daqiqadan so‘ng mashina to‘liq o‘chirilgan, biroq olov Cobalt’ni deyarli butunlay yaroqsiz holga keltirgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmadi.






























Izohlar 0
…