date

Mostovoy keyingi Oltin to'p sohibi kim bo‘lishini aytdi

Mostovoy keyingi Oltin to'p sohibi kim bo‘lishini aytdi

Rossiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi va Ispaniyaning “Selta” klubida o‘ynagan Aleksandr Mostovoy keyingi “Oltin to‘p” egasi borasidagi fikrini bildirdi. Uning aytishicha, mukofot Madridning “Real” klubi futbolchisiga nasib etishi ehtimoli yuqori. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mostovoy Kilian Mbappeni asosiy da’vogar sifatida ko‘rsatdi. “U qanday gol urayotgani va maydonda qanday o‘ynayotganini ko‘ryapsiz — agar jarohat bo‘lmasa, 2026 yilda albatta yutadi”, — deya Mostovoyning so‘zlarini “Sovetskiy sport” keltirdi.

Hozirda Mbappe tizzasidagi muammo sabab maydonga tusha olmayapti. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fransuz hujumchining tiklanishi uch haftagacha cho‘zilishi mumkin. 2025 yilda esa Kilian klub va terma jamoa safida jami 66 ta gol urishga ulgurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mostovoy keyingi Oltin to'p sohibi kim bo‘lishini aytdi