
Transfermarkt portali dunyo futbolidagi eng qimmat himoyachilarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, hozirgi paytda “Arsenal” markaziy himoyachisi Vilyam Saliba raqobatchilarini ortda qoldirib, 1-pog‘onaga chiqdi. Fransiyalik 24 yoshli futbolchining bozor bahosi 90 million yevroga teng.
Ikkinchi o‘rinda “Barselona”ning 18 yoshli iste’dodi Pau Kubarsi qayd etildi — 80 million yevro.
Uchinchi pog‘ona esa “Inter” tayanchi Alessandro Bastoniga nasib qildi: 26 yoshli himoyachining ham transfer qiymati 80 million yevro sifatida ko‘rsatilgan.
Qisqasi, himoyachilar ham “oltin”ga aylanib ketgan davr: Saliba tepada, Kubarsi esa 18 yoshidayoq katta narx bilan sensatsiya beryapti. Aytgancha, Transfermarkt avvalroq Janluijji Donnarummani eng qimmat darvozabon sifatida ham e’lon qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.