
Uzb_Meteo kanali muallifi 2025 yilgi issiq ob-havo fonida poytaxtdagi noodatiy statistikani tilga oldi: o‘tgan yil Toshkent uchun so‘nggi 170 yildagi eng issiq yil bo‘ldi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Mutaxassisning qayd etishicha, yil davomida me’yoridan past harorat kuzatilgan biror oy bo‘lmagan. Natijada Toshkentda o‘rtacha yillik havo harorati 17,3 darajani tashkil etib, tarixiy maksimum yangilandi.
Bungacha rekord 2023 yilga tegishli edi — o‘shanda o‘rtacha yillik harorat 17,0 darajaga chiqqan. Eng sovuq yil esa 1920 yil bo‘lib, o‘sha davrda o‘rtacha yillik ko‘rsatkich 11,8 daraja atrofida qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.