date

Superkompyuter Chempionlar ligasi gʻolibini bashorat qildi


Opta mutaxassislari UEFAning asosiy klublar turnirida jamoalarning imkoniyatlarini hisoblash uchun superkompyuterni ishga tushirishdi. Ushbu mashinadan Chempionlar ligasida kim gʻolib boʻlishini soʻrashdi.

Javob quyidagicha boʻldi: Chempionlar ligasi kubogini qoʻlga kiritish uchun eng katta imkoniyatga "Arsenal" ega. London jamoasining gʻoliblik ehtimoli 23,53% deb baholandi.

Qizigʻi, “kanonirlar” muzeyida hali Yevropa chempionlari kubogi yoʻq va ular Angliya Premer-ligasida oxirgi marta 2004 yilda chempion boʻlishgan. Ikkinchi oʻrinda "Bavariya" joylashdi.

Uning gʻalaba qozonish ehtimoli 14,33%. Uchinchi oʻrinda esa "Manchester Siti" qayd etilgan boʻlib, uning imkoniyati 12,95% deb baholandi.

Keyingi oʻrinlarda "Liverpul" (11,72%), "PSJ" (10,22%), "Real" (4,7%) va "Barselona" (4,24%) joylashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superkompyuter Chempionlar ligasi gʻolibini bashorat qildi