
Toshkentning "Xumo" xokkey jamoasi Bishkekdagi safar o'yinlarini yorqin g'alaba bilan yakunladi. Jamoa mahalliy "Alga" ustidan ishonchli g'alaba qozonib, raqib darvozasiga 12 ta shayba kiritdi va 12:2 hisobida zafar quchdi.
Tarkibdagi rotatsiyalarga qaramay, "Xumo" yana samaradorlik namoyish etdi. O'yin mezbonlarning faolligi bilan boshlandi.
"Alga" a'zosi Sayfulin hisobni ochdi. Tez orada "Xumo" tashabbusni o'z qo'liga oldi.
Timur Tilyaxo‘jayev avval hisobni tenglashtirdi, keyin esa jamoasini oldinga olib chiqdi. U birinchi bo'limni dubl bilan yakunlab, hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi.
Ikkinchi bo'limda "Xumo"ning ustunligi yanada kuchaydi. Timur Kamalov to'rtinchi shaybani kiritdi, undan keyin Vladislav Ermolov hisobni 5:1 ko'rinishiga olib chiqdi.
Daler Dadaxo‘jayev oltinchi shaybani kiritgan bo'lsa, Ilya Popov dubl qayd etib, ikkinchi bo'limni 8:1 hisobida yakunladi. So‘nggi bo‘limda toshkentliklar hujumni davom ettirdi.
Kamalov yana bitta shayba bilan dublini to‘ldirdi, Popov esa o'ninchi shaybani kiritdi. Diyorbek Xusanboev uzoq masofadan kuchli zarba yo'llab hisobni 11:1 ko'rinishiga olib chiqdi.
Bog‘dan Xalevin esa so'nggi nuqtani qo‘yib, 12:1 hisobini qayd etdi. Yakunda "Alga" bitta shayba qaytarishga muvaffaq bo‘ldi, ammo o‘yin natijasi "Xumo" foydasiga 12:2 hisobida yakunlandi.
Xumo Bishkekda g'alabali seriyani yakunladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar