
O'zbekiston milliy terma jamoasi Misrni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Al Ain kubogi finaliga yo'l oldi. Gollarning ikkalasini ham Otabek Urunov kiritdi, ikkinchi bo'limda esa darvozabon Nematov jamoani bir necha bor qutqarib qoldi.
Uchrashuvni o'zbekistonlik futbolchilar faol boshlashdi va tezda hisobni ochishdi. Raqib maydonida to'pni egallab olgan Urunov himoyachilarni aylanib o'tib, uzoq burchakka aniq zarba berdi.
Misr terma jamoasi hujumkor o'yinni tanladi, ammo O'zbekiston himoyasi ishonchli harakat qildi. Bo‘limning o‘rtalariga kelib, o‘zbek futbolchilari tezlikni oshirishdi.
Shomurodov bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratdi, uning bir zarbasi darvoza to'riga yo'naldi, yana biri esa biroz ustun ustidan o'tib ketdi. Birinchi bo‘limning oxirlarida Kannavaroning jamoasi yana bir gol kiritdi.
Shukurov jarima maydonida Urunovni ajoyib pas bilan topdi, u esa xotirjamlik bilan bo‘sh darvozaga gol urdi. Tanaffusdan keyin tashabbus Misr tomoniga o'tdi.
"Fironlar" ko'proq raqib maydonida vaqt o'tkazib, qanot hujumlari va standartlardan foydalandi. Ayniqsa, Mustafa Muhammadning bosh bilan ustun ostiga yo'llagan zarbasi xavfli edi, ammo Nematov chiroyli sakrash bilan to'pni qaytardi.
Uchrashuv oxirida Misr hujumlarini davom ettirdi, lekin o‘zbekistonlik futbolchilar o‘yinni sekinlashtirish va himoyada ishonchli o‘ynashda davom etishdi. Husonov va Abdullayev muhim to‘plarni qaytarib olishdi, zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar esa o‘rtadagi pressni kuchaytirishdi.
Natijada, O‘zbekiston jamoasi o‘yinni o‘z foydasiga yakunlab, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O‘zbekiston finalda Eronga qarshi maydonga tushadi.
Misr esa uchinchi o'rin uchun Kabo-Verde bilan kurashadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.