date

A Seriya kelasi mavsumdan to'q sariq to'pdan voz kechadi

A Seriya kelasi mavsumdan to'q sariq to'pdan voz kechadi

A Seriyada qo'llanilgan to'q sariq rangli to'p liga doirasida ko'pchilikka ma'qul kelmayapti va tashkilotchilar undan voz kechishni rejalashtirmoqda. Qishda ko'rinish yomonlashadigan davr uchun yechim sifatida kiritilgan bu to'p amalda kutilgan darajada foyda bermagani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kelasi mavsumdan boshlab Italiya chempionatida yana klassik rangdagi to'plar ishlatiladi: oq yoki sariq. Bu haqda «Lega Kalchio» prezidenti Ezio Mariya Simonelli ham fikr bildirdi.

«Bu masalada juda ko'p murojaatlar oldik, jumladan, rang ajratishda qiynaladigan (daltonizm) odamlar tomonidan ham. Afsuski, vaziyatni o'zgartirish va eski ranglarga qaytish uchun vaqt kerak. Oq yoki sariqqa», — dedi Simonelli.

Eslatib o'tamiz, amaldagi Italiya chempioni — «Napoli», joriy mavsum turnir jadvalida esa Milan «Inter»i peshqadamlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » A Seriya kelasi mavsumdan to'q sariq to'pdan voz kechadi