
Kataloniya futbol federatsiyasi «Katalon yerlar kubogi» nomi ostida yangi musobaqa o'tkazilishini e'lon qildi. Unda Kataloniya, Valensiya, Balear orollari va Andorra jamoalari ishtirok etishi aytildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rasmiy ohangda berilgan xabar qisqa vaqt ichida muxlislar orasida katta qiziqish uyg'otdi. Biroq oradan bir necha soat o'tib federatsiya bu e'lon hazil bo'lganini qo'shimcha qildi va shu bilan jamoatchilikning keskin noroziligiga duch keldi.
Izohlarda federatsiya harakati muxlislar tomonidan mensimaslik sifatida baholandi, ayrimlar buni «katalon o'zligini masxara qilish» deb atadi. Siyosiy tus kuchli bo'lgan, Ispaniyadan ajralib chiqish mavzusi doimiy muhokamada yuradigan mintaqada bunday omadsiz hazil ham keskin reaksiyani qo'zg'atishi mumkinligi ta'kidlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.