date

Toshkentda professional boks kechasi: Jalolov, G‘iyosov va Mullajonov g‘alaba qozondi

Toshkentda professional boks kechasi: Jalolov, G‘iyosov va Mullajonov g‘alaba qozondi

2025 yil 14 noyabr kuni Toshkentda professional boks kechasi o‘tkazildi. Unda Bahodir Jalolov, Shahram G‘iyosov va Lazizbek Mullajonov o‘z janglarini muddatidan avval yakunlab, g‘alaba qozonishdi.

O‘zbekistonlik bokschilar yorqin natijalar qayd etib, milliy boks maktabining yuqori saviyasini yana bir bor tasdiqlashdi. Kechaning ikkinchi asosiy jangida Bahodir Jalolov nigeriyalik Solomon Adebayo bilan ringga chiqdi.

Sakkiz raundga mo‘ljallangan bahs to‘rtinchi raundda Jalolovning aniq zarbasi bilan yakunlandi. U raqibini nokautga uchratib, o‘zining 17-jangida 17-g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Adebayo esa 15 janglik g‘alabali seriyasidan keyin ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. Asosiy jangda Shahram G‘iyosov rossiyalik Mark Urvanovga qarshi ringga tushdi.

WBA yarim o‘rta vazn toifasidagi majburiy da’vogar maqomi uchun o‘tkazilgan jang ham muddatidan avval yakunlandi. To‘rtinchi raundda hakam jangni to‘xtatib, texnik nokaut sababli g‘alabani G‘iyosovga berdi. Bu 32 yoshli o‘zbekistonlik bokschining 18 jangdagi 18-g‘alabasi bo‘ldi.

Yana bir muhim jang WBC CISBB superog‘ir vazn toifasidagi kamar uchun o‘tkazildi. Unda Lazizbek Mullajonov nigeriyalik Monyasaxu Muritador bilan kuch sinashdi. Uchinchi raund boshida raqib jangni davom ettirishdan bosh tortdi.

Mullajonov ushbu g‘alaba bilan kamarni qo‘lga kiritib, professional faoliyatidagi yettinchi g‘alabasini qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Toshkentda professional boks kechasi: Jalolov, G‘iyosov va Mullajonov g‘alaba qozondi