date

O‘zbekiston bokschilari IBA finalida

O‘zbekiston bokschilari IBA finalida
O‘zbekiston terma jamoasi IBA boks bo‘yicha jahon chempionatining finaliga uchta yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Abdumalik Xalokov, Asadxuja Muydinxo‘jayev va olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov o‘z yarim final janglarida ishonchli g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.

Xujanazar Nurtojiyev esa musobaqani bronza medal bilan yakunladi. Abdumalik Xalokov 60 kg vazn toifasida Armaniston vakili Artur Bazeyan ustidan ishonchli g‘alaba qozondi.

Jang davomida taktik ustunlik ko‘rsatgan Xalokov hakamlar qarori bilan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Asadxuja Muydinxo‘jayev 67 kg vazn toifasida Moldovalik sportchi Aleksandru Paraschivni mag‘lub etdi.

U jangni yuqori tempda olib borib, to‘liq nazoratni qo‘lga oldi va 5:0 hisobida g‘alaba bilan finalga chiqdi. Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov 51 kg vazn toifasida armanistonlik Rudolf Garboyanni mag‘lubiyatga uchratdi.

Do‘smatov jang davomida to‘liq ustunlikni saqlab, 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 57 kg vazn toifasida Xujanazar Nurtojiyev tojikistonlik sportchi Xusravxon Rahimovga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shunga qaramasdan, u chempionatni bronza medal bilan yakunladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston bokschilari IBA finalida