date

Real Mbappe haqida mashg'ulotlar bo'yicha yangilik berdi

Real Mbappe haqida mashg'ulotlar bo'yicha yangilik berdi

Madridning «Real» jamoasi Yevropa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi safardagi uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Dushanba kuni Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa navbatdagi mashg'ulotni o'tkazdi va klub ayrim futbolchilarning holati yuzasidan ma'lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub xabariga ko'ra, Kilian Mbappe individual dastur asosida yengil yuklama bilan shug'ullandi. Antonio Ryudiger esa mashg'ulotning bir qismini umumiy guruh bilan o'tkazib, keyin alohida ishlagan. Shuningdek, Karreras ham Mbappe kabi individual tarzda mo'tadil mashg'ulot o'tkazgani qayd etildi.

Ma'lumotda Eder Militao zalda shug'ullangani, Ferlan Mendi esa maydonda ham, bino ichida ham individual mashg'ulot olib borgani aytilgan.

«Benfika» — «Real» uchrashuvi 29 yanvar kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Lissabondagi o'yin jarayonini LiveResult portali matnli translatsiya orqali yoritib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Mbappe haqida mashg'ulotlar bo'yicha yangilik berdi