Micheldan Ter Shtegenning Jironadagi debyutiga baho

“Jirona” bosh murabbiyi Michel darvozabon Mark-Andre Ter Shtegenning jamoa safidagi ilk o‘yinidan so‘ng uning chiqishiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nemis posboni “Xetafe”ga qarshi ilk uchrashuvida jamoasiga ochko olib kelishda muhim rol o‘ynadi. U bir gol o‘tkazib yubordi, ammo bahs 1:1 hisobida yakunlandi.
“U fantastik o‘yin o‘tkazdi. O‘yinni qurishda juda katta hissa qo‘shadi, yakunda esa ajoyib seyv ham amalga oshirdi”, — deya Michelning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Murabbiy o‘yin uchun darvozabon tanlash qarori unga oson bo‘lmaganini ham tan oldi. U darvozabonlar bilan suhbatlashganini aytdi, biroq suhbat tafsilotlarini ochiqlashni istamadi.
“Jirona” Ter Shtegenni “Barselona”dan ijaraga oldi. Avvalroq darvozabon jamoa ro‘yxatiga kiritilishi borasida muammo yuzaga kelgani, bunga esa klubdagi darvozabonlar uchun ajratilgan barcha raqamlar band ekani sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!