date

Saudiya shahzodasi Barselona klubini sotib olmoqchi

Saudiya shahzodasi Barselona klubini sotib olmoqchi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon "Barselona" futbol klubini sotib olish uchun taxminan 10 milliard yevro taklif qilmoqchi. Bu haqda El Chiringuito jurnalisti Fransua Galyardo X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Mazkur kelishuvning asosiy to‘siqlaridan biri klub a’zolarining pozitsiyasi bo‘lib, aynan ularning qarori mulk shaklining o‘zgarishini belgilab beradi. Ta’kidlanishicha, bu taklif jahon futboli tarixidagi eng yiriklardan biri bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, yakuniy qaror faqat moliyaviy shartlar bilan cheklanmaydi, balki ichki ovozlar natijasiga ham bog‘liq bo‘ladi, chunki "Barselona" klub a’zolariga (socios) tegishli bo‘lgan klub hisoblanadi. Mazkur xabarlar fonida klub prezidenti Joan Laporta o‘z lavozimiga qayta nomzod bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Uning amaldagi vakolat muddati 2027 yilda tugaydi. "Barselona" Ispaniyaning eng muvaffaqiyatli klublaridan biri bo‘lib, jami 80 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Jumladan, 28 marta La Liga chempionligini, 32 marta Ispaniya Kubogini va 15 marta mamlakat Superkubogini yutgan. Xalqaro maydonda esa klub 20 ta sovrin, jumladan, UEFA Chempionlar Ligasida besh marta g‘alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Saudiya shahzodasi Barselona klubini sotib olmoqchi