Jamoliddin Xodjaniyozov «Surxon» bilan bitimni yana ikki yilga uzaytirdi

Markaziy himoyachi Jamaliddin Xodjaniyozov «Surxon» bilan kelishuvini yana ikki mavsumga uzaytirdi. 29 yoshli futbolchi jamoa safida 2024 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
6 yanvar holatiga ko‘ra, himoyachining transfer qiymati 300 ming yevro (352 ming dollar) deb baholangan. Xodjaniyozov «Surxon»dagi bir yarim yil davomida 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Bunga qadar u Sankt-Peterburgning «Zenit», Qozonning «Rubin», Kaliningradning «Baltika» klublari hamda Daniyaning «Orxus» jamoasida o‘ynagan. Shuningdek, futbolchi Rossiya U-17 terma jamoasi tarkibida Yevropa chempionligi unvonini ham qo‘lga kiritgan.
Klub matbuot xizmati Xodjaniyozovning tajribasi va yetakchilik fazilatlari jamoa uchun muhim ekani, u yosh futbolchilar uchun namuna bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!