Al-Hilol va Fenerbahche futbolchilar almashinuvi ustida ishlamoqda

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi hamda Turkiyaning «Fenerbahche» jamoasi futbolchilar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga juda yaqin. Bu haqda TGRT Haber xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, urugvaylik hujumchi Darvin Nunes «Fenerbahche»ga yo‘l olishi, uning o‘rniga esa marokashlik forvard Yussef En-Nesiri Saudiya klubiga o‘tishi mumkin. Ta’kidlanishicha, Nunes «Al-Hilol»dagi holatidan to‘liq mamnun emas va almashinuv variantiga ijobiy qaramoqda. En-Nesiri esa Saudiya Arabistonida to‘p surish imkoniyatini katta qiziqish bilan kutyapti.
O‘tgan yozda «Liverpul»dan «Al-Hilol»ga ko‘chib o‘tgan Darvin Nunes joriy mavsumda 17 uchrashuvda maydonga tushib, 7 gol urdi va 4 assist qayd etdi. En-Nesiri esa 25 o‘yinda 8 gol hamda 1 golli uzatma bilan ajralib turdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!