Florensi Roma va Milan durangiga o‘z munosabatini bildirdi

Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi va Milan safida ham o‘ynagan Alessandro Florensi Roma va Milan o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Florensining aytishicha, bahsning birinchi bo‘limida Roma juda kuchli bosim o‘tkazgan, biroq hisobni ocholmagan. U buning asosiy sabablaridan biri sifatida Milan darvozaboni Mayk Menyanning a’lo o‘yinini ta’kidladi. Ikkinchi bo‘limda esa Milan uchun ko‘p imkoniyat kerak bo‘lmagani va jamoa o‘z uslubida gol topa olganini qayd etdi.
Skudetto poygasi haqida gapirar ekan, Florensi chempionlik masalasi deyarli aniq bo‘lib qolganini, endi esa asosan ikkinchi o‘rin uchun kurash haqida so‘z yuritish mumkinligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, A Seriya turnir jadvalida Inter Milan klubini 5 ochkoga ortda qoldirib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!