date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi va lavozim oldi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi va lavozim oldi

Turinning “Yuventus” klubi hamda Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida o‘ynagan va jamoa bilan mamlakatning ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu safar Trezege futbolchi sifatida emas, klubning rahbariyat tarkibiga qo‘shilish uchun Buenos-Ayresga kelgan. “River Pleyt” uni butun boshqaruv jamoasi ishtirokida rasmiy tarzda tanishtirdi, biroq uning aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi.

Klub ma’lumotiga ko‘ra, Trezege strategik masalalar bilan shug‘ullanadi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qiladi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi va lavozim oldi