date

Xakerlar Ubuntu va Canonical tizimlariga global hujum uyushtirdi

Xakerlar Ubuntu va Canonical tizimlariga global hujum uyushtirdi

"Linux Ubuntu" operatsion tizimi va "Canonical" kompaniyasi xizmatlari yirik DDoS-hujumga uchradi. Buning oqibatida butun dunyo bo'ylab millionlab foydalanuvchilar tizimni yangilash va o'rnatish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Hujum 30 aprel kuni boshlangan bo'lib, ikki kundan beri davom etmoqda. "Canonical" vakillarining ta'kidlashicha, kompaniyaning veb-infratuzilmasi keng ko'lamli zarbaga duch kelgan.

Hodisa asosiy ubuntu.com sayti, "Snap Store" do'koni, "Launchpad" platformasi va "Ubuntu Security API" kabi muhim tugunlarga ta'sir ko'rsatdi. Tizim ma'murlari zaifliklar va yamoqlar haqidagi dolzarb ma'lumotlarga kirish huquqini yo'qotdi.

Hujum uchun javobgarlikni "313 Team" xakerlar guruhi o'z zimmasiga oldi. Ular 3,5 Tbit/s gacha trafik yaratishga qodir bo'lgan "Beamed" tijorat xizmatidan foydalangan.

Jinoyatchilar o'zlarining Telegram-kanalida to'lov talab qilib, kompaniya aloqaga chiqmasa, hujumni davom ettirish bilan tahdid qilmoqda. Hozirda saytlar ishi barqarorlashmoqda, FQB va Yevropol tergov ishlariga qo'shilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xakerlar Ubuntu va Canonical tizimlariga global hujum uyushtirdi