date

PSJ darvozaboni Safonov safga qaytgani haqida xabar berdi

PSJ darvozaboni Safonov safga qaytgani haqida xabar berdi

"PSJ" darvozaboni Matvey Safonov Telegram sahifasida mashg'ulotdan olingan suratlar bilan bo'lishdi. Eng asosiysi, rossiyalik posbon muhim yangilikni ma'lum qildi: u yana safda va maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Yana ishga qaytdim! Ertangi o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz", — deb yozdi Safonov.

Safonov "PSJ" tarkibida ancha vaqtdan beri o'ynamayotgandi. U o'tgan oy Qit'alararo kubok finalida "Flamengo"ga qarshi uchrashuvda qo'lidan jarohat olgan. O'sha finalda Safonov penaltilar seriyasida to'rtta zarbani qaytarib, jamoasining qahramoniga aylangandi.

28-yanvar, chorshanba kuni "PSJ" Chempionlar ligasi doirasida uyida "Nyukasl"ni qabul qiladi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ darvozaboni Safonov safga qaytgani haqida xabar berdi