Ronaldu Jorjinani tabriklab, uni hayotim ayoli dedi

Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. «Al-Nasr» hujumchisi sevgilisi Jorjina Rodrigesni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ronaldu Jorjina bilan tushgan surat ostiga: «Tug‘ilgan kuning bilan, hayotim ayoli!» deb yozdi.
Seshanba kuni Jorjina Rodriges 32 yoshni qarshiladi. Ronaldu ham tez orada tug‘ilgan kunini nishonlaydi — 5 fevral kuni u 41 yoshga to‘ladi. Portugaliyalik yulduz hozir ham a’lo jismoniy holatda: u faoliyati davomida 960 ta gol urgan va to‘xtash niyatida emas.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Nasr» «Al-Taavun»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing