David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo'shildi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U avvalroq «River Pleyt» safida ham to'p surib, jamoa bilan ikkinchi divizion chempionligini qo'lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege Buenos-Ayres klubi tizimiga sportchi sifatida emas, rahbariyat vakili sifatida kirib kelmoqda. «River Pleyt» uni butun boshqaruv jamoasi ishtirokida rasman tanishtirdi.
Klub fransuz mutaxassisning aniq lavozimini ochiqlamadi, biroq u strategik masalalar bilan shug'ullanishi va «River Pleyt»ni institutsional darajada taqdim etishi ma'lum qilindi.
Eslatib o'tamiz, Trezege 2015 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing