date

Daniel Maldini ijara asosida Latsio safiga o‘tdi

Daniel Maldini ijara asosida Latsio safiga o‘tdi

Rimning «Latsio» klubi rasmiy sayti orqali tarkibdagi navbatdagi o‘zgarishni e’lon qildi. Jamoa «Atalanta»dan hujumkor yarim himoyachi Daniel Maldinini ijara asosida qo‘lga kiritdi. Bitimda futbolchini keyinchalik to‘liq sotib olish bandi ham ko‘zda tutilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

24 yoshli Daniel Maldini — «Milan» afsonasi Paolo Maldinining o‘g‘li. U futbolchilik faoliyatini «Milan» akademiyasida boshlagan, bir necha bor ijaraga berilganidan so‘ng esa 2024 yilda klubni butunlay tark etgandi.

«Latsio» hozir A Seriya turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Rimliklar navbatdagi uchrashuvini 30-yanvar, juma kuni o‘z maydonida «Jenoa»ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Daniel Maldini ijara asosida Latsio safiga o‘tdi