date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida ham to‘p surib, jamoa bilan ikkinchi ligada chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endi Trezege klubga maydondagi futbolchi sifatida emas, balki rahbariyat tarkibida ishlash uchun kelmoqda. “River Pleyt” uni butun boshqaruv jamoasi ishtirokidagi taqdimot marosimida rasman tanishtirdi.

Trezening aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi. Biroq klub ma’lumotiga ko‘ra, u strategik masalalar bilan shug‘ullanadi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi