date

Yuventus Spallettiga 2028 yilgacha yangi shartnoma taklif qiladi

Yuventus Spallettiga 2028 yilgacha yangi shartnoma taklif qiladi

Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiy Luchano Spalletti bilan hamkorlik muddatini uzaytirmoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, klub mutaxassisga 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan yangi bitimni taklif qilmoqda. Biroq Spalletti hozircha shoshilmayapti: u rahbariyatdan transfer bozorida murabbiy istagan futbolchilarni olib berish bo‘yicha aniq kafolatlar kutmoqda.

Spalletti “Yuventus”ni 2025 yil oktyabr oxirida qabul qilib olgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. Hozirda turinliklar A Seriya jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda: jamoa 22 turdan keyin 42 ochko jamg‘argan va peshqadam “Inter”dan 10 ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus Spallettiga 2028 yilgacha yangi shartnoma taklif qiladi