date

Yuventus Spalletti bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirmoqchi

Yuventus Spalletti bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirmoqchi

Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiy Lucheano Spalettiga yangi shartnoma taklif qilish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, klub murabbiy bilan kelishuvni 2028 yil yozigacha uzaytirishni ko'zlamoqda. Biroq Spalletti hozircha shoshilmayapti: u rahbariyatdan transfer bozorida o'zi istagan futbolchilar olib berilishiga kafolat so'ramoqda.

Spalletti «Yuventus»ni 2025 yil oktabr oyining oxirida qabul qilib olgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Ayni paytda turinliklar A Seriya jadvalida 22 turdan so'ng 42 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Inter»dan 10 ochkoga ortda qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus Spalletti bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirmoqchi