date

Milan darvozasiga yettinchi penalti belgilandi, Seriya Ada rekord

Milan darvozasiga yettinchi penalti belgilandi, Seriya Ada rekord

Seriya A doirasidagi so‘nggi uchrashuvda «Milan» «Roma»ga qarshi o‘yinda penalti orqali gol o‘tkazib yubordi. Ma’lum bo‘lishicha, bu joriy mavsumda «rossonerilar» darvozasiga belgilangan yettinchi penalti bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu ko‘rsatkich Italiya chempionatining oliy divizionidagi barcha jamoalar orasida eng yuqorisi hisoblanadi. «Napoli» va «Udineze» darvozasiga 6 tadan penalti qo‘yilgan, turnir jadvali peshqadami bo‘lib turgan «Inter» esa 5 bor 11 metrlik zarbaga duch kelgan.

Keyingi turda «Milan» «Bolonya»ga qarshi maydonga tushadi. Hozircha klub Seriya A jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan darvozasiga yettinchi penalti belgilandi, Seriya Ada rekord