Milan darvozasiga mavsumda 7 penaltidan gol o‘tkazdi

Seriya A doirasidagi so‘nggi o‘yinda «Milan» «Roma»ga qarshi bahsda penaltidan gol o‘tkazib yubordi. Ma’lum bo‘lishicha, bu joriy mavsumda «rossonerilar» darvozasiga belgilangan yettinchi penalti bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu ko‘rsatkich Italiya chempionatining oliy ligasidagi barcha klublar orasida eng yuqorisi sanaladi. «Napoli» va «Udineze» darvozasiga olti martadan penalti belgilangan, turnir jadvali yetakchisi bo‘lib turgan «Inter» esa besh penalti orqali gol o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi turda «Milan» «Bolonya» bilan maydonga tushadi. Hozir klub Seriya A jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing