David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana bir bor qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida to‘p surib, jamoa bilan Argentina futbolining ikkinchi divizionida chempionlikni ham qo‘lga kiritgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege klubga futbolchi sifatida emas, balki rahbariyat tarkibida ish boshlash uchun qaytmoqda. “River Pleyt” uni butun boshqaruv jamoasi ishtirokidagi taqdimot marosimida tanishtirdi.
Trezege “River Pleyt”dagi aniq lavozimi rasman ochiqlanmagan, biroq u strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va klubni institutsional darajada vakillashi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing