Yurgen Klopp yoshlar uchun yangi liga tashkil etmoqchi

Germaniyalik taniqli murabbiy Yurgen Klopp yangi futbol musobaqasini yo‘lga qo‘yish niyatida. Bu haqda Bild nashri jurnalistlari xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Klopp U21 toifasida alohida liga startini berishni rejalashtirmoqda. G‘oya shundan iboratki, yosh futbolchilar Bundesligada o‘ynashdan oldin muntazam o‘yin amaliyoti va tajriba to‘plash imkoniga ega bo‘ladi. Murabbiy yangi loyiha masalasini allaqachon boshqa futbol mutasaddilari bilan muhokama qilmoqda.
Hozirda Yurgen Klopp “Red Bull” tizimida futbol yo‘nalishi bo‘yicha rahbar sifatida faoliyat yuritmoqda.
Avvalroq Yevropa OAVda nemis mutaxassisi Madridning “Real” klubida bosh murabbiy bo‘lishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing