date

Froynd Upamekano kelajagi bo'yicha qaror tez orada chiqadi

Froynd Upamekano kelajagi bo'yicha qaror tez orada chiqadi

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Kristof Froynd himoyachi Dayo Upamekano bilan yangi shartnoma yuzasidan olib borilayotgan muzokaralar haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Froynd jurnalistlarga klub odatdagidek muzokaralar jarayonini ommaga oshkor qilmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar yaxshi ruhda gaplashmoqda, biroq hozircha yangi tafsilot yo‘q va detallar ochiqlanmaydi. «Qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinadi», — dedi u.

Upamekano 2021 yildan beri «Bavariya» safida o‘ynamoqda. Joriy mavsumda 27 yoshli fransuz barcha musobaqalarda 25 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urdi va 1 assist qayd etdi.

Himoyachining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Froynd Upamekano kelajagi bo'yicha qaror tez orada chiqadi