Gamburg safarda Haydenhaymni 2:0 hisobida yengdi

Germaniya chempionatining 21-turida “Haydenhaym” o‘z maydonida “Gamburg”ni qabul qildi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv boshida Niklas Dorsh hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi, biroq uning xavfli zarbasini darvozabon qaytardi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa mehmonlar ustunligini golga aylantirdi: Ransford Kenigsdoffer aniq zarba bilan “Gamburg”ni oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi taymda Patrik Maynkaning bosh bilan yo‘llagan zarbasi ham xavfli chiqdi, lekin darvozabon chiroyli seyv bilan jamoasini qutqardi. Oradan ko‘p o‘tmay “Gamburg” qarshi hujumda yana o‘z so‘zini aytdi: Fabiu Viyera pasidan keyin Rayan Filipp farqni ikki barobarga oshirdi — 0:2.
Mezbonlar Stefan Shimmerning aniq zarbasi orqali intrigani qaytarishga urinib ko‘rdi, ammo VAR golni bekor qildi. Natijada “Haydenhaym” turnir jadvalining quyi qismida qolmoqda, “Gamburg” esa 11-o‘rindagi pozitsiyasini mustahkamladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!