Anchelotti Endrikka Braziliya terma jamoasida alohida rol beradi

Hujumchi Endrik qishki transfer oynasida "Real"dan ijara asosida "Lion"ga o‘tganidan beri o‘zini yorqin tomondan ko‘rsatmoqda. Shu fon’da Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni yaqinlashib kelayotgan yig‘inga chaqirish niyatida ekani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline nashri L’Equipe’ga tayanib yozishicha, Endrik mart oyidagi xalqaro tanaffus paytida Braziliya terma jamoasining asosiy hujumchisi sifatida ko‘rilmoqda.
Mart oyi oxirida Braziliya jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida fransuz va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing