Al-Nasr Ronalduning mavsumdan keyin ketishiga qarshi emas

Saudiyaning «Al-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin. Bu haqda The i Paper nashri xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, liga 41 yoshli portugaliyalik yulduzga joriy mavsum yakunlangach «Al-Nasr»dan ketishga ruxsat berishga tayyor. Ta'kidlanishicha, Ronaldu o'rniga Saudiya Arabistoniga «Liverpul» hujumchisi Mohamed Saloh hamda «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Bruno Fernandesni olib kelish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ronaldu transferlar siyosatidan norozi bo'lgani sabab «Al-Nasr» safida maydonga tushishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Portugaliyalik forvard jamoasining so'nggi ikki uchrashuvini o'tkazib yubordi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing