date

“Tepaga” multfilmdagi uy hayotda mavjudmi?

“Tepaga” multfilmdagi uy hayotda mavjudmi?

“Tepaga” multfilmidagi uy haqiqiy hayotda mavjud desam ishonasizmi?

Haqiqatan multfilmdagi uy hayotda mavjud bo‘lib, u AQShning Vashington shtati, Sietl shahrida joylashgan. 2006 yilda 84 yoshli Edit Meysfild ismli ayol o‘z uyini sotishdan qat’iy bosh tortgan va atrofiga ulkan savdo markazi qurilgan bo‘lsa-da, uy o‘z o‘rnida qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, quruvchilar avvaliga unga 750 000, keyinchalik esa 1 million dollar taklif qilishadi. Ammo, Edit rad javobini beradi. Katta majmua qurilishi boshlanganda, ayol kutilmaganda qurilish maydonchasi rahbari Barri Martin bilan do‘stlashib qoldi.

Barri Editning umrining oxirgi kunlarigacha unga g‘amxo‘rlik qildi. 2008 yilda Edit vafot etganida, u o‘z uyini aynan Barriga meros qilib qoldirdi.

Ushbu voqea mashhur “Tepaga” multfilmi uchun ilhom bergan deb hisoblanadi va ushbu uy aynan shu multfilm qahramonining uyi bilan birga mashhur bo‘lib ketgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Tepaga” multfilmdagi uy hayotda mavjudmi?