Dilfuza Ismoilova: “Hammani yaxshi ko‘raman, lekin meni ko‘rolmaydiganlar ham bor”

Dilfuza Ismoilova: “Hammani yaxshi ko‘raman, lekin meni ko‘rolmaydiganlar ham bor”
Qisqacha

Xonanda Dilfuza Ismoilova "Navo mehmon" loyihasida san'at olamidagi munosabatlari haqida ochiq fikr bildirdi. U Mavlyuda Asalkhojaeva ijodini juda qadrlashini, ko'plab hamkasblari va yosh ijodkorlarni hurmat qilishini ta'kidladi. Xonanda hech kimni o'ziga dushman deb bilmasligini, ammo san'at olamida bir-ikki kishining o'ziga nisbatan sal boshqacha munosabatini sezganini tan oldi.

Xonanda Dilfuza Ismoilova “Navo mehmonda” loyihasidagi suhbati davomida san’at olamidagi yaqin insonlari, hurmat qiladigan ijodkorlari hamda ayrim yashirin raqobatlar haqida ochiq fikr bildirdi.

Xonandaning aytishicha, u Mavluda Asalxo‘jayeva ijodini juda qadrlaydi:

“Uni juda yaxshi ko‘raman. Uzoq safarga chiqqanimda doim qo‘shiqlarini eshitib ketaman. Mavluda Asalxo‘jayevaning ovozi hech qachon odamni zeriktirmaydi, yaratgan qo‘shiqlari ham juda zo‘r”, — deydi u.

Shuningdek, u Umida Mirhamidova, Sayyora G‘oziyeva va Oypopuk Eshonxo‘jayeva bilan ko‘p yillik hamkasb ekanini alohida ta’kidladi.

Dilfuza Ismoilova yosh ijodkorlarga ham iliq munosabatda ekanini bildirib, ular orasida Ziyoda, Umidaxon hamda Oybek va Nigora ijodini yuqori baholashini aytdi:

“Ularni juda yaxshi ko‘raman. Hech qachon hech kimni o‘zimga dushman deb bilmaganman. Chunki ko‘pchilik meni hurmat qiladi”, — dedi xonanda.

Shu bilan birga, u san’at olamida hamisha ham hamma bir xil munosabatda bo‘lmasligini ham yashirmadi:

“Bir-ikkita insonning menga nisbatan sal boshqacharoq munosabatini sezganman. Ammo ularni nomma-nom aytishim shart emas”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar