Anchelotti Endrikni Braziliya hujumida asosiy rolga tayyorlamoqda

Hujumchi Endrik qishki transfer oynasida "Real"dan ijara asosida "Lion"ga o'tganidan beri o'zini yorqin tomondan ko'rsatmoqda. Shu fonда Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchini navbatdagi yig'inga chaqirishni ko'zlayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline nashri L’Equipe ma'lumotiga tayanib yozishicha, mart oyidagi yaqin xalqaro tanaffusda Endrik Braziliya terma jamoasining asosiy markaziy hujumchisi sifatida maydonga tushishi kutilmoqda.
Mart oxirida Braziliya jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida fransuz va Xorvatiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, yozda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing