Ronalduning yozda Al-Nasrdan ketishi ehtimoli kuchaydi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubni tark etish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. The Touchline nashri Saudiya OAVlariga tayanib yozishicha, portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya fondi klubning ayrim transfer rejalariga to‘sqinlik qilgan, buning natijasida jamoaning chempionlik uchun imkoniyatlari pasaygan, deb hisoblaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli forvard «Al-Hilol» foydasiga xolislik buzilayotganidan ham norozi. Manbalar Ronalduning talablari va e’tirozlari inobatga olinmasa, u mavsum yakunidan so‘ng, kelayotgan yozda Saudiya chempionatini tark etishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Qayd etilishicha, Ronaldu shu sabablar ortidan jamoaning so‘nggi ikki uchrashuvida maydonga tushmadi. Hozircha u yaqin kunlarda maydonga qaytishni rejalashtirmayotgani ham aytilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!