Endrik gol ura olmadi va maydonni erta tark etdi

Fransiya Ligasining 1-tur doirasida «Nant»ga qarshi o‘yinda «Lion» hujumchisi Endrik qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik futbolchi uchrashuvning 2-daqiqasidayoq ogohlantirilgan edi. 61-daqiqada esa hakam unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi. 19 yoshli forvard bu safar gollarda ishtirok eta olmadi.
Endrik «Lion» safida barcha musobaqalarda o‘tkazgan dastlabki besh o‘yinda beshta gol urib, bitta assist ham qayd etgandi. U yanvar boshida madridlik «Real»dan ijara asosida fransuz klubiga kelib qo‘shilgandi.
Agar «Lion» bu bahsda g‘alaba qozonsa, «Marsel»ni ortda qoldirib, turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tariladi. Keyingi turda Paulu Fonseka jamoasi «Nitsa»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!