date

Al-Nasr Ronaldu o'rniga ikkita yulduzni ko'zlamoqda

Al-Nasr Ronaldu o'rniga ikkita yulduzni ko'zlamoqda

Krishtianu Ronaldu klub boshqaruvidan norozi bo'lib, norozilik sifatida «Al-Nasr»ning so'nggi ikki uchrashuvida maydonga tushmadi. Saudiya tomoni 41 yoshli hujumchini qo'yib yuborishga tayyor ekani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistonida ligadagi Ronaldu o'rnini boshqa global darajadagi yulduz egallashini xohlamoqda. Asosiy nishon — «Liverpul» vingeri Muhammad Saloh. Muqobil variant sifatida «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh nomi ham ko'rib chiqilmoqda. Bu haqda Transfer News Live The i Paper manbasiga tayanib xabar berdi.

33 yoshli Saloh va 31 yoshli Fernandesh avval ham Saudiya klublari bilan bog'langan. Transfermarkt bahosiga ko'ra, ularning transfer qiymati mos ravishda 30 va 40 million yevroni tashkil etadi.

Hozirda «Al-Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Ronaldu o'rniga ikkita yulduzni ko'zlamoqda