date

Kostil Shevale ko'proq istiqbolli Safonov esa elita emas

Kostil Shevale ko'proq istiqbolli Safonov esa elita emas

«Lill»ning sobiq darvozaboni Benua Kostil «PSJ» posbonlari Matvey Safonov va Lyuka Shevale haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning aytishicha, Safonov chiziqda juda kuchli, biroq hozircha texnik jihatlarda barqarorlik yetishmaydi. Kostil darvozabonning havodagi kurashlarda muammolari borligini ham qayd etdi, shu bilan birga u yuqori to'plarda raqiblarga qarshi doim faol chiqishga intilishini ta'kidladi.

Ekspert Safonovni dunyoning eng zo'r darvozabonlari qatoriga kiritmasligini ochiq aytdi.

«Men Shevaleda ko'proq potensial ko'ryapman, Safonov esa eng yaxshilardan ancha uzoq», — dedi Kostil.

Joriy mavsumda Safonov barcha turnirlarda 6 o'yinda maydonga tushib, 5 gol o'tkazdi va 2 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Shevalening hisobida esa 26 o'yin, 28 o'tkazib yuborilgan gol va 10 ta «quruq» uchrashuv bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kostil Shevale ko'proq istiqbolli Safonov esa elita emas