date

Ugo Souzaning Korintiansdan ketishi hozircha bekor qilindi

Ugo Souzaning Korintiansdan ketishi hozircha bekor qilindi

Braziliyaning «Korintians» klubi direktorlar kengashi turkiyaning «Beshiktash» jamoasi yuborgan rasmiy taklifni rad etdi. Estadao xabariga ko‘ra, Istanbul klubi darvozabon Ugo Souzani sotib olishni istagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, Souza uchun 10 million yevro taklif qilingan. Shuningdek, transfer amalga oshganida darvozabon yangi jamoasida avvalgisiga nisbatan to‘rt barobar ko‘proq maosh olishi mumkin edi, biroq aniq raqamlar ochiqlanmagan.

27 yoshli Ugo Souza ilgari «Flamengo» hamda Portugaliyaning «Shavesh» klubida to‘p surgan. U 2024 yilda «Korintians»ga ijara asosida kelgan, keyinroq esa to‘liq shartnoma imzolagan. Joriy mavsumda Souza 7 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol o‘tkazib yubordi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ugo Souzaning Korintiansdan ketishi hozircha bekor qilindi