Boka Xuniors Marcelo Delgado bilan sport direktori topdi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi sport direktori lavozimiga yangi nomni rasman e’lon qildi — endilikda bu vazifani Marcelo Delgado bajaradi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini zudlik bilan kuchaytirish zarurligi ta’kidlanmoqda va rahbariyat oldida aynan shu yo‘nalishda tezkor qarorlar qabul qilish vazifasi turibdi.
Delgado futbolchilik faoliyati davrida ham yuqori darajada to‘p surgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 o‘yin o‘tkazib, 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores Kubogida eng yaxshi to‘purar bo‘lgan — bu natijani “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing