Korintians Ugo Souzani sotish taklifini rad etdi

Braziliyaning «Korintians» klubi direktorlar kengashi turkiyalik «Beshiktash»ning darvozabon Ugo Souzani sotib olish bo‘yicha rasmiy taklifini qabul qilmadi. Bu haqda Estadao nashri xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Souzaga 10 million yevro taklif qilingan. Shuningdek, transfer amalga oshgan taqdirda, darvozabon yangi jamoada avvalgisidan to‘rt baravar ko‘proq maosh olishi mumkin edi, biroq aniq raqamlar ochiqlanmadi.
Ugo Souza avval «Flamengo» hamda Portugaliyaning «Shavesh» jamoalarida o‘ynagan. U 2024 yilda «Korintians»ga ijaraga kelib qo‘shilgan, o‘tgan yili esa to‘liq shartnoma imzolagan. Joriy mavsumda 27 yoshli futbolchi 7 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol o‘tkazib yubordi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing