date

Argentinada di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Argentinada di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vataniga qaytib, dastlab ijobiy natijalar qayd etdi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, u uchun murakkab davr boshlandi — bu safar gap o‘yin sifati haqida emas, raqiblar va muxlislar noroziligi haqida bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentinadagi ayrim futbol jamoatchiligi di Mariyani maydonda tez-tez yiqilib, jarima zarbasini yoki penalti “so‘rash”ga urinadi, deb hisoblamoqda. Argentina chempionatidagi “Rosario Sentral” futbolchisi bo‘lib to‘p surayotgan sobiq “Manchester Yunayted” va “Real” vingeri manziliga forumlarda “nega uni aldovlari uchun ogohlantirishmaydi”, “yulduz, ammo bu harakatlar joniga tegdi”, “shunday futbolchi penalti undirishga shunchalik urinayotgani achinarli” kabi tanqidiy fikrlar ko‘paygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentinada di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi