date

Denis Makarov Kayserisporda noma’lum muddatga safdan chiqdi

Denis Makarov Kayserisporda noma’lum muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning “Kayserispor” klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub ma’lumotiga ko‘ra, tibbiy ko‘rikdan so‘ng futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi o‘rta mushak guruhida yengil jarohat va shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.

Makarov “Kayserispor” safidagi debyutini 3 fevral kuni “Galatasaray”ga qarshi o‘yinda o‘tkazgandi. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangan, Makarov jamoasi turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va ligada qolish uchun kurashmoqda. Avvalroq u Moskvaning “Dinamo” klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Makarov Kayserisporda noma’lum muddatga safdan chiqdi