Di Mariya Argentinada tanqid ostida qoldi va bahslar kuchaydi

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytgach, dastlab yaxshi natijalar ko'rsatdi, ammo keyin uning atrofida salbiy fon paydo bo'ldi. Gap maydondagi o'yinidan ko'ra ko'proq raqiblar va muxlislar noroziligida: ular futbolchi tez-tez yiqilib, fol ishlatib vaziyatni bo'rttiradi, deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionatiga bag'ishlangan forumlarda di Mariyaning harakatlari keskin muhokama qilinmoqda. “Nega di Mariyaning nayranglari uchun hech qachon ogohlantirish berilmaydi?”, “U yulduz, lekin bunday epizodlar endi toqat qilib bo'lmaydigan darajada”, “Shunday darajadagi futbolchining penalti so'rab o'zini tashlashi achinarli” kabi fikrlar ko'p uchramoqda. Sobiq “Manchester Yunayted” va “Real” futbolchisi hozir “Rosario Sentral” safida to'p surmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!